Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Prezident maktabi

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev raisligida 2021-yil 10-sentabr kuni keygaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining   44-son bayonida bir qator vazifalar belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining vazirlik huzuridagi Oliy ta’lim muassasalarini Prezident ta’lim muassasalari agentligiga qarashli maktablarga biriktirish jadvaliga asosan, 2022-yil 13-sentabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor U. Saliyev, Akademik litsey va texnikumlaga metodik yordam berish sektori bosh mutahassisi N. Shokirova, “Anatomiya” kafedrasi mudiri dosent S. Madaminovlar Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi “Erkin Vohidov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur о‘qitishga hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashib suhbatlashdilar.