Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Press konferensiya

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida "Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti: yangi o'quv yili, yangi rejalar" mavzusida Matbuot anjumani o'tkazildi.Media tadbirda oliygohimizning fakultet dekanlari T.Xamroqulov, A.Haydarov, M.Rasulova, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshligʻi D.Hamrakulova, Yoshlar yetakchisi U.Sobitjonov hamda jurnalistlar, bloggerlar, Axborot xizmati vakillari ishtirok etishdi.  Dastlab, Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani T.Xamroqulov yangi o'quv yilida institutimizga qabul jarayonlari, yangi o'quv yilida amalga oshirishi belgilangan muhim rejalar haqida batafsil maʼlumot berib o'tdi. Matbuot anjumani davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo’limi boshlig’i Dilbar Hamrakulova TTJ da yaratilgan qulayliklar, jami 3 ta yotoqxona 900 dan ortiq talabalar uchun mo’ljallanganligi haqida so’z yuritdi. Shuningdek, yaqin kunlarda DXSH asosida barpo etilayotgan  zamonaviy talabalar turar joyi foydalanishga topshirilishi haqida aytib o’tdi. Fakultet dekanlari jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berar ekan, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti dunyoning 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan shartnomalar imzolanganligini. institutning 4 fakultetida 9 ta yo'nalish bo'yicha 4980 nafar bakalavriat bosqichi talabalari tahsil olishini hamda 28 ta kafedra mavjudligi tog’risida so’zladilar. “ Bugungi kunda Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida 263 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Professor 5 nafar, tashqi o’rindoshlar 246 nafar, ichki o'rindoshlar 230 nafar, dotsent 24 nafar, fan doktori 13 nafar, fan nomzodi esa 53 nafardan iborat. Oliygohda 3 ta zamonaviy ko'rinishga ega talabalar turar joyi mavjud bo'lib, ular jami 922 o'ringa mo'ljallangan. Shuningdek, institutning o’z fondida 1810 nomda 25836 ortiq nashrga ega bo’lgan ARM (axborot-resurs markazi) alohida e’tiborga loyiqdir”,- deydi Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani To’lqin Hamroqulov. Anjuman davomida yangi o’quv yilida bajarilishi lozim bo’lgan ishlar xususida ham OAV vakillarining savollariga javoblar berildi.