Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Pedagogik mahorat darslari o'tkazildi

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, pedagogika fanlari professori Kadirova Munira Rasulovna, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbbiyot texnikumlari direktorlari va o'qituvchilariga maxsus mahorat seminar mashg'ulotlari olib bordi. Mazkur mahorat seminar darsi ishtirokchilariga taqdimot orqali institutimiz haqida batafsil maʼlumotlar berildi, kelgusida amalga oshirishi belgilangan rejalariga to'xtalib o'tildi,shuningdek, tibbiyot texnikumlari bilan samarali amaliy hamkorlikni yanada jadallashtirish, texnikum o'quvchilarga bilim berishda zamonaviy metodlardan foydalangan holda amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish belgilandi.

Mazkur mahorat darslarida Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirlgan quyidagi Tibbiyot texnikumlari ishtirok etdilar.

2-Farg’ona Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
2-Marg‘ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, 
Qo‘qon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Quva Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Buvayda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Farg‘ona tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Rishton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,
Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi,