Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

O‘zbekiston - Hindiston sog‘liqni saqlash forumi

2023-yil 13 aprel sanasida Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Hindiston Sog‘liqni saqlash vazriliklari hamkorligida  forrum bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Hindistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat ushbu mamlakatning Аyush va portlar, dengiz va suv yoʼllari vaziri Sarbananda Sonovalning tadbir ishtirokchilariga yoʼllagan tabrigini oʼqib eshittirdi. Shu bilan birga, Oʼzbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Аxatov onlayn soʼzga chiqib, ushbu anjuman ikki davlat oʼrtasida tibbiyot sohasi boʼyicha aloqalarni yangi bosqichga koʼtarishini aytib oʼtdi.
 
Xalqaro forum doirasida tibbiyot sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashdagi hissasi uchun qator Hindiston vakillariga “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash aʼlochisi” koʼkrak nishoni hamda vazirlik tashakkurnomasi topshirildi. Shuningdek, bir guruh hind ishtirokchilar Oʼzbekistonda tibbiy taʼlim, shifokorlar malakasini oshirish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qoʼshgan hissasi uchun mamlakatimiz tibbiyot oliy oʼquv yurtlarining “Faxriy professori” unvonlari bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston-Hindiston salomatlik forumi. Sog‘liqni saqlash vazirligi inson salomatligi sohasida hamkorlik yo‘lida katta qadamlar tashlamoqda. Hindistonda tibbiyot yuqori darajada ekanligini hamma yaxshi biladi va biz ham xuddi shunday natijalarga erishishimiz kerak. Ushbu forum, Hindistonlik hamkorlar bilan tibbiyot sohasida yuksak samarali ishlarni amalga oshirishga hizmat qiladi.