Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Overdose

“Overdose” loyihasi – zamonaviy tibbiy bilimlarni o‘zbek tilida o‘rganish imkoniyati

“Overdose” loyihasi doirasida dunyoning eng ilg‘or va zamonaviy tibbiy darslari ilk bor to‘liq holda o‘zbek tiliga ovozlashtirildi. Bu esa nafaqat yosh mutaxassislar, balki kelajakdagi shifokorlar uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari endilikda ushbu darslarni ikki smenada muntazam ravishda tinglab, ulardan samarali foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.


Mazkur tashabbus:

Talabalarning ilmiy dunyoqarashini kengaytiradi;

Ularga xalqaro standartlar asosida bilim olish imkonini beradi;

O‘zbek tilida sifatli ta’lim resurslari bazasini boyitadi;

Kelgusida ilmiy-tadqiqot va amaliyot jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan mustahkam bilimlar poydevorini yaratadi.

Shu tariqa, “Overdose” loyihasi talabalarning kasbiy rivojlanishida muhim qadam bo‘lib, ularga global bilim makoniga keng yo‘l ochib bermoqda.