Omad sizga shifokorlar
Shifokor mutaxassis, bu odamlarni davolaydi va turli kasalliklarning paydo bo'lishining oldini oladi, maxsus bilim va ko'nikmalarga asoslangan. Tibbiy kasb eng zarur va insonparvarlikdir, chunki dunyoda hayotdan qadrliroq narsa yo'q. Insonning taqdiri bu kasbdagi odamlarning faoliyatiga bog'liq. Bitiruvchilarimizni yangi yo‘lga kuzatib qolish eng katta baxtdir. Farg`ona shaxar, I.A.Karimov nomidagi madaniyat saroyida Farg`ona jamoat oliygoxni ishga kirgan shifokorlarimizga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim bayram konserti va “Nastarin” teatri jamoasining chiqishlari bilan o‘tdi. Bitiruvchilarga Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutini bitirgan Abu Ali ibn Sino izdoshlariga diplom topshirish tadbiri bo`lib o`tdi. Ezgu tilaklar bilan Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori A.Sidikov bitiruvchilarga kelgusidagi xalq saloamtligi yo`lidagi mashaqqatli kasblariga omad va zafarlar tiladi. Shifokorlik kasbi kasblar ichida eng ulug`vor, mardlik kasbi ekanligini ta`kidlab institutni bitirgan bo`lajak shifokorlarimizga yuksak zafarlar tiladi. Tadbir davomida institutning faxrli ustozlari ham so`z olishib bitiruvchilarga o`z samimiy tilaklrini bildirib o`tishdi.