Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim

Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim qabulida ixtisosliklar kesimida talab etiladigan xorijiy til sertifikatlari ro'yxati tasdiqlandi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “2024/2025 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati va ularning darajalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2024-yil 14-iyundagi 211-son buyrugʻi imzolandi. Mazkur buyruq bilan “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari boʻyicha ROʻYXATI” tasdiqlandi.