Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Olam nurga to'lsin sen bilan, navroʻz

"Olam nurga to'lsin sen bilan, navroʻz" Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida navroʻz umumxalq bayrami keng nishonlandi Tantanali bayramda institutimiz ishchi-xodimlari, talaba-yoshlar, sanʼat ahli, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda milliyligimiz aks etgan dasturxonlar bezatildi, kuy-qoʻshiq, lapar va raqslar ijro etildi. Doshqozonda tayyorlanayotgan sumalak esa umumxalq bayrami shukuhini yanada ko'tarinki qildi. Tantanali bayramga munosib hissa qo'shgan, faoliyati davomida namuna bo'lib kelayotgan bir guruh xodimlarimiz va talaba-yoshlarga institutimiz rektori, professor Akmal Sidikovning maxsus faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.