Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

OITSga qarshi kurashish kuni

Har yili 1-dekabr anʼanaviy ravishda “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi. OIV infeksiyasi hozirgi kunning global muammolaridan biri sanaladi. Kasallik epidemiyasi boshlangandan buyon dunyoda 75 milliondan ortiq odam ushbu infeksiya bilan xastalangan. Shudan ham koʻrinib turibdiki, OIV va OITSga qarshi butun dunyo hamjihatlikda kurashishi lozim.

Birinchi dekabr kuni Axborot resurs markazi xodimlari Butunjaxon OITS ga qarshi kurash kuniga bag`ishlab OITS-umr zavoli nomli davra suxbati o`tkazdilar. Davra suxbati davomida epidemiologiya va yuqumli kasalliklar kafedrassi o`kituvchisi Madaminov Faxriddin o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi, suxbat davomida talabalarga OITS-UMR ZAVOLI nomli videorolik namoyish etildi, suxbat so`ngida talabalar o`zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar

Infeksiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda. Kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi. OIV aniqlangan shaxslarni davolashning dunyoda tan olingan usuli — retrovirusga qarshi davolash usuli boʻlib, yurtimizda bemorlarning 75 foizdan ortigʻi ushbu davolash usuli bilan qamrab olingan. JSSTning “OIV aniqlanishi bilan davolashni boshlash zarur” degan tavsiyalari asosida bugungi kunda meʼyoriy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.