Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Ochiq eshiklar kuni

 

O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi”ga asosan ularning hududiy tuzilmalari hamda barcha davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘z faoliyatlari ochiqligini ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarini joriy etish kabi masalalarga bag‘ishlangan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazilishi belgilangan. Tadbir Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faoliyatining ochiqligi, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta’minlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob olishlari maqsadida tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan, “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilayotgan joriy yilning 08 noyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tadi ushbu munosabat bilan "Oshiq eshiklar kuni" tadbiriga barchani taklif etadi.