Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Ochiq dars

2023 yil 27-noyabr kuni Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti " Xalq tabobati va farmakologiya " kafedrasi o'qituvchisi Abdujabborova Charosxon Sanjarbek qizi, Tibbiy profilaktika ishi yo'nalishi, 3-kurs 1121 guruhda Farmakologiya fanidan "Гипотензивные средства. Гипертензивные средства " mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Ochiq dars mashg'ulotida Kafedra ustozlari, "Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar" kafedrasi mudiri va ustozlari, "Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigienasi" kafedra mudiri va ustozlari, shuningdek tashqi taqrizchi sifatida Farg'ona davlat Universiteti kimyo kafedrasi mudiri S.A. Mamatqulova tashrif buyurdilar. Mashg'ulot davomida talabalarimiz yuqoridagi mavzu bo'yicha tibbiyot sohasida muhim axamiyatga ega bo'lgan bilimlarini oshirib, ba‘tafsil tushunchalarga ega bo'ldilar.

2023 yil 29-noyabr kuni " Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi" kafedrasida kata o'qituchisi, Madaminov Faxriddin Axmadovichning, Tibbiy profilaktika ishi yo'nalishi, 4-kurs 720 guruhda "Vitseral va teri leyshmaniyozi" mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi. Ochiq dars mashg'ulotida “Xalq tabobati va farmakologiya” va “Mikrobiologiya, virusalogiya va immunologiya” kafedralari ustozlari ishtirok etdilar.

2023 yil 2-dekabr  kuni Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi assistenti,  Boltaboyeva Dilrabo Imomaliyevnaning Davolash ishi yo'nalishi, 5-kurs 35-guruhda Yuqumli kasalliklar fanidan "Qorin tifi etiologiya,epidemiologiya,klinika,davolash" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi. Ochiq dars mashg'ulotida Kafedra ustozlari, "Epidemiologiya va yuqumli kasalliklar,hamshiralik ishi" kafedrasi mudiri, "Ovqatlanish, bolalar va o'smirlar gigienasi" kafedra mudiri va ustozlari,  tashrif buyurdilar. Mashg'ulot davomida talabalarimiz yuqoridagi mavzu bo'yicha tibbiyot sohasida muhim axamiyatga ega bo'lgan bilimlarini oshirib, ba‘tafsil tushunchalarga ega bo'ldilar. Ochiq darsdan fotolavxalar.