Ochiq dars
Avval ochiq darslar web sahifasida habar berganimizdek, 2023 yil 24 noyabr kuni Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining, Epidemiologiya va Yuqumli kasalliklar, Hamshiralik ishi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhiddinova Shoira Baxramovnaning, ishtirokida o‘tkazilgan "Kasalxona ichi infeksiyalarida epidemiologik nazoratni tashkillash (akusherlik, ginekologik, urologik bo‘limlar)" Mavzusidagi,Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti,Tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi, 519 guruhi 5-kurs, amaliy mashg‘ulot ochiq darsi bo‘lib o‘tdi. Tashkillangan ushbu ochiq darsni kafedraning bir guruh xodimlari tahlil qilib, kuzatib bordilar. Mashgʻulot davomida talabalarimiz yuqoridagi mavzu bo'yicha tibbiyot sohasida zaruriy bo'lgan bilmlarni olib, batafsil tushunchalarga ega bo'ldilar.
Ochiq darsdan fotolavhalar
Shuningdek 23 noyabr 2023-yil kuni Halq tabobati va Farmakologiya kafedrasi o'qituvchisi Jumanova Barno Ganiyevnaning ham 3-bosqich Farmatsiya yo‘nalishi ta labalariga Farmakognoziya fanidan Vitamin saqlovchi dorivor o'simlik va mahsulotlar mavzusida ham ochiq darsi bo‘lib o‘tdi ochiq darsda kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ochiq dars mashg‘ulotini tahlil qilib bordilar.
Ochiq darslar ro‘yhati https://fjsti.uz/detail/ochiq-dars-5?menu_id=71