Ochiq dars
Hurmatli professor-o`qituvchilar!, 2023 yil 23-dekabr kuni soat 11:30 da Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Halq tabobati va Farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi M.I.Sarimsakov tomonidan, Farmakologiya fanidan, Davolash ishi yo‘nalishi 3 bosqich 2521-guruh talabalari uchun, "Zamburuglarga qarshi vositalar" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Tashkillangan ushbu ochiq darsni kafedraning bir guruh xodimlari tahlil qilib, kuzatib bordilar. Mashgʻulot davomida talabalarimiz yuqoridagi mavzu bo'yicha tibbiyot sohasida zaruriy bo'lgan bilmlarni olib, batafsil tushunchalarga ega bo'ldilar.
Ochiq darsdan fotolavhalar
Shuningdek, Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Xalq tabobati va Farmakologiya kafedrasi assistenti Raximova Xusnidaxon Abdukarimovna Farmakologiya fanidan "Psixotrop vositalar" mavzusi va Epidemiologiya va yuqumlik kasalliklar, hamshiralik ishi kafedrasi assistenti Qodirov To’lqin Xalikovich “Yuqumlik kasalliklarda profilaktik emlash” mavzusi yuzasidan 21 dekabr 2023 yil kuni 2-son Farg’ona “Abu Ali Ibn Sino” nomli jamoat salomatligi texnikumida, texnikumning Feldsherlik yo’nalishi, 203-guruhi talabalari ishtirokida, maxorat darslari o’tkazishdi.