Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Navbatdagi ilmiy kengash

Institutimizda navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi bo'lib o'tdi Yig'ilishni institutimiz rektori, professor Akmal Sidikov ochib berib, bugungi yigʻilish kun tartibiga qo'yilgan masalalarga to'xtaldi. Shundan so'ng, Bishkek xalqaro tibbiyot Oliy maktabining o'quv ishlari bo'yicha prorektori Orozali Uzakov institutimizda amalga oshirilgan ishlar xususida gapirib, barchani erishilgan muvaffaqiyatlar bilan qutladi va mehmonga institutimizning maxsus sovgʻalari topshirildi. Shu bilan birga, institutimizning Davolash profilaktika muassasasi bosh shifokori F.Yuldashev AQSHning Xalqaro fan, ta'lim, sanoat va san'at akademiyasi a'zosi etib saylanganligi uchun diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Kun tartibiga muvofiq, Ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi boshligʻi A.Muradimovaning 2022-2023-yillarda ilmiy pedagog kadrlarini tayyorlash holati bo'yicha ma'ruzasi tinglandi.