Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“NASTARIN” YANA BIR G’ALABANI QO’LGA KIRITDI

   Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti talabalari nafaqat tibbiyot sohasida balki, san’at sohasida ham yetarlicha iqtidor va iste’dodga ega. Buning isboti o’laroq, institutimiz talabalaridan tashkil etilgan “Nastarin” teatr studiyasining o’tgan davr mobaynida erishib kelgan yutuqlarini namuna qilib ko’rsatishning o’zi kifoya.Quvonchli xabarlardan yana biri, san’atsevar talabalarimiz Respublika miqyosida o’tkazilishi rejalashtirilgan “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining hududiy bosqichida birinchi o’rinni egallab g’oliblikni qo’lga kiritdilar. Nastarin jamoasining erishgan yutug’i bilan tabriklash bilan bir qatorda, ularga kelgusi bosqichlarda bundan-da ulkan zafar va muvaffaqiyatlar yor bo’lishida tilakdoshmiz.