Morinomiya tibbiyot universiteti
O’zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasiga Morinomiya tibbiyot universiteti yurtimizdagi oliy o’quv yurtlari bilan tibbiyot sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish taklifi bilan murojaat qildi.
Ma’lumot uchun: Morinomiya tibbiyot universiteti 1973-yilda tashkil etilgan xususiy universitet bo’lib, Kansay mintaqasida (Xonsyuning markaziy-janubiy hudidi) eng yirik tibbiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi (batafsil ma’lumot: https://www.morinomiya-u.ac.jp/.
Universitet o’z ichiga 3 fakultet va 7 kafedrani qamrab oladi:
- Hamshiralik fakulteti (Hamshiralik kafedrasi);
- Kompleks reabilitatsiya fakulteti (Jismoniy terapiya kafedrasi, Kasbiy terapiya kafedrasi);
- Tibbiyot texnologiyalari fakulьteti (Klinik laboratoriya kafedrasi, Klinik muhandislik kafedrasi, Radiologik texnologiya bo’limi, Akupunktura bo’limi).
SHuningdek, Universitetda magistrlik (Sog’liqni saqlash va tibbiyot fanlari va Hamshiralik) va doktorlik (Tibbiyot fanlari va Hamshiralik) dasturlar, hamda hamshiralik bo’yicha intensiv o’quv kursi mavjud. Joriy yilda mintaqaviy tibbiy yordamga hissa qo’shish va talabalarning klinik tajrijasini oshirish maqsadida Morinomiya tibbiyot fanlari universiteti qoshida klinika tashkil etilishi rejalashtirilgan. SHu bilan birga, yapon universiteti 667 tibbiyot muassasi bilan malaka oshirish va tadqiqotlar o’tkazish bo’yicha hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.
Yaponiya universiteti O’zbekistondagi tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishda yordam so’rab, mumkin bo’lgan yo’nalishlar sifatida akademik almashinuvlar, qo’shma tadqiqotlarni ta’kidlab o’tdi.