Moliyaviy mustaqillik
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga moliyaviy mustaqillik beriladigan bo‘ldi. Endi institut o‘z mablag‘larini mustaqil boshqaradi, bu esa ilm-fan, ta’lim va infratuzilmani yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, ko‘p tarmoqli klinika institut tarkibiy tuzilmasiga to‘liq o‘tkaziladi. Bu esa amaliyot va ilmiy tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqadi.
Manba: Farg‘ona viloyat hokimligi.