Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanma va loyihalari mavjud bo‘lgan yoshlar (16-25 yosh) ishtirok etadi.

Tanlov 3 bosqichda tashkil etiladi va har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar joriy yilning 20-fevral kuniga qadar https://vorislar.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari yoki o‘zi tahsil olayotgan OTM mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.