Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Mening Konstitutsiyam - 31 yoshda

O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘n ikkinchi chaqiriq bilan respublika Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni qabul qilingan. Shu kundan e’tiboran, O‘zbekistonda 8-dekabr umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgan sanadan e’tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo‘lsa, birinchi Konstitutsiya qabul qilinishi barobarida mustaqillikning huquqiy tamal toshi o‘rnatilgan.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O‘zbekistonning besh ustuni, ya’ni suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo‘yildi, uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi.