Memorandum
Yangi memorandum — yangi imkoniyatlar. Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan "Estetik konsult" MCHJ bilan o'zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Tadbirda tibbiyot yo'nalishdagi "Estetik konsult" tashkiloti mutasaddilari Mixael Favazovich, Kira Kim, Nikita Vladislavovich hamda institutimizning barcha prorektorlari, Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i, Davolash ishi fakulteti dekani hamda Ilmiy bo'lim boshligʻi ishtirok etdi. Memorandumdan ko'zlangan maqsad — o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatish, sohadagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, sog'liqni saqlash bo'yicha yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy-tadqiqot institutini birgalikda tashkil etish.