Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

"Ma'rifat ulashib"

Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida bugun institutimizga taniqli adiblar Bahodir Karimov, Shuhrat Jabbarov, Dilmurod Do‘stbekovlar tashrif buyurdi. Mehmonlarni oliygohimizning Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Ulugʻbek Saliyev hamda bir qator mas'ul xodimlarimiz tantanali kutib oldilar. Dastlab, mehmon ijodkorlar Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida yaratilgan keng imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Loyihasi doirasida Oʻzbekistonning taniqli adiblari Bahodir Karimov, Shuhrat Jabborov va Dilmurod Doʻstbekov Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga tashrif buyurishdi. Ushbu uchrashuv institut jamoasi va talabalar uchun nafaqat ijodiy mahorat va ma'naviyat manbai, balki adabiyotning yosh avlod hayotidagi ahamiyatini yoritishda muhim voqea bo‘ldi. Adiblar institut talabalari va professor-oʻqituvchilar bilan suhbat davomida o‘zlarining hayotiy tajribalari, ijodiy yo‘llari hamda milliy adabiyot rivojida duch kelgan qiyinchilik va yutuqlarini o‘rtoqlashdilar. Ularning so'zlari talabalarni adabiyot va ijodga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi. Bahodir Karimov yoshlar uchun kitobxonlikning roli va insonning ruhiy kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritgan bo‘lsa, Shuhrat Jabborov o‘z asarlarida ko‘tarilgan dolzarb mavzular, oila qadri va Vatan sevgisi haqida bahs etdi.

Dilmurod Do‘stbekov esa yozuvchi faoliyatining ichki qirralarini ochib berdi va ijod jarayonidagi ilhom manbalari haqida so‘zlab, yosh ijodkorlarga qimmatli maslahatlar berdi. Institut tomonidan mehmon adiblar uchun maxsus taqdirlash marosimi ham tashkil etildi. Unda Bahodir Karimov, Shuhrat Jabborov va Dilmurod Do‘stbekovlarga O‘zbekistonning adabiy merosini boyitishga qo‘shgan hissalari, yosh avlod tarbiyasida qilgan xizmatlari uchun esdalik sovg‘alari va minnatdorchilik yorliqlari topshirildi. Tadbir tantanali va samimiy tarzda o‘tdi, bu esa adabiyot va ma’rifatning ahamiyatini institut jamoasi oldida yana bir bor yoritdi.