Maktab bitiruvchilarini oliy ta`limga jalb etish targ`ibot ishlari
10 mart 2022-yil kuni Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tashabbusi bilan Farg`ona viloyati, Quvasoy shaxar Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga jalb kilish maksadida targibot ishalri olib borildi. Yigilishni maktab MMIBDU M.Kamalitdinova kirish so`zi bilan boshladi va yig`ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala va tashrif buyurgan mexmonlar bilan tanishtirdi. Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi U.Soliev, kafedra o`qituvchisi K.Dosimov, akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.SHokirova, maktab psixologi G.Mamajonova va MMIBDU M.Kamalitdinovalar qatnashdilar. Birinchi so`z navbatini Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o`qituvchisi U.Soliev so`zga chiqib oquvchilarning oliy ta’limga kirishlari yuzasidan targ`ibot ishlarini olib bordi. U o`z so`zida davom etib, FJSTI dagi faoliyat olib borayotgan kafedralar. Ulardagi shart-sharoitlar xaqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Fargona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy kafedra o`qituvchisi K.Dosimov so`zga chiqib bitiruvchilarga tanlangan yo`nalishlari bo`yicha puxta bilim va ko`nikmalar olish maqsadida qo`shimcha darslarga xam qatnashish kerakligi xaqida gapirdi.U o`z so`zida davom etib o`quvchilarga badiy adabiyotlarni ko`proq o`qishlarini, o`z ustilarida ishlab puxta bilim olishlari lozimligini uqtirdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova so`zga chiqib o`zining targ`ibot-tashvikot ishlari to`g`risida o`z fikrlarini bildirdi.
Yig`lish davomida o`quvchilar o`zlari qiziqtirgan savollariga Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti ijtimoiy kafedrasi professor o`qituvchilari N.Shokirova, U.Soliev, K.Dosimovlar tomonidan javoblar oldilar.