Korrupsiya adolat kushandasi
Marg'ilon Abi Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi Institut Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish bosh mutaxassisi N.Shokirova hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'lim boshlig'i B.Kazakov va bosh mutaxassis S. Isaqovlar texnikum yoshlari bilan uchrashib, ta'lim olish jarayonidagi sohaga oid muammolar, talab va takliflar haqida suhbatlashdilar. Shunindek, uchrashuv davomida korrupsiya jinoyatga eltuvchi omillardan biri ekanligi, uning nohush oqibatlari haqida ochiq muloqot qilindi. Talabalar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining ma’ruzasida “Korrupsiyaga qarshi kurashda huquqni muxofaza qiluvchi idoralar qanchalik xarakat qilmasin, xalqimiz bu jirkanch illatga murosasiz bo‘lmas ekan, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatmas ekan, bu baloga qarshi samarali kurashni tashkil eta olmaymiz. Bu illat bilan nafaqat xududni muxofaza qiluvchi idoralar, balki xar bir jamoa jiddiy kurashishi kerak. Shuning uchun xar bir davlat idorasida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘z ichki dasturlari bo‘lishi shart , deya alohida ta’kidladilar. Muxtaram Yurtboshimizning tashabbusi bilan butun mamlakatda tom ma’noda korrupsiyaga qarshi urush e’lon qilindi, shu sababli loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik kabi illatlarning sodir etilishiga qarshi kurashda barchaning faolligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Korrupsiya-“yemirilish” degan ma’noni anglatib, jamiyatni yemiruvchi, barcha salbiy xolatlarni keltirib chiqaruvchi illatdir. Bu jinoyat uchun muqarrar jazo tushunchasi, ishtirokchilarning teng javobgarligi, jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida fikr bildirdi.