Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Kongress-2022

   Tez kunda, Farg'ona shahrida ilk marotaba “Dermatovenerologiya va dermatoonkopatologiyada diagnostika va davolashda yangi texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” nomli II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo’lib o’tadi. Dermatologiya -  klinik tibbiyotning bir sohasi bo’lib, teri kasalliklarini aniqlash, davolash va ularni oldini olish masalalarini o’rganadi Dermatoonkopatologiya - klinik tibbiyotning uchta ixtisoslik chorrahasidagi yo"nalish bo'lib, teri kasalliklari, patomorfologiya va teri o"smalarining diagnostikasi, davolash va oldini olish choralarini o'rganadi. Ushbu anjuman 2022-yilning 6-may sanasida I.Karimov nomidagi viloyat madaniyat va san’at saroyida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Toshkent davlat stomatologiya istitutining 4 - son terapevtik yo'nalishdagi kafedrasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Kongress xaqidagi barcha yangiliklarni  ushbu manzilda kuzatib boring https://fjsti.uz/blog/362/kongress-2022