Konferensiya-2023
2023 yilning 29-noyabr kuni Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida “O‘zbekistonda ayollarga ambulator yordam ko‘rsatish: muammolar va yechimlar” mavzuida I hududiy ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya tashkilotchilari: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasi va uning Farg‘ona filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. Konferensiyada Antenatal parvarishning dolzarb muammolari va ularning yechimlarini izlashga bag‘ishlangan. Konferensiya maqsadi: Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami salohiyatini mustahkamlash.
“Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi, uning Farg‘ona filiali, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, hamda Andijon davlat tibbiyot instituti, Tibbiyot xodimlarining kasb malakasini oshirish markazi mutaxassislari tomonidan ma’ruzalar tinglandi.