Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul -2023
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti klinik ordinaturaga 2023/2024 o‘quv yili uchun qabul boshlanganligini e’lon qiladi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 26 iyuldagi №179- sonli qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Klinik ordinaturaga quyidagi hujjatlarni topshirish so‘raladi:
1. Rektor nomiga ariza (namuna); Ariza namunasi
2. Diplom (ilovasi bilan);
3. 086 U tibbiy ma’lumotnoma;
Hujjatlarni qabul qilish faqat onlayn tarzda https://forms.gle/4gZvydqSXV7Br8uBA platformasi orqali amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
+998 (95) 202-23-45
+998 (95) 302-23-45
+998 (95) 402-23-45
+998 (95) 404-23-45
Dushanba-shanba kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha
https://www.fjsti.uz/blog/215/hujjat-turlari
https://www.fjsti.uz/blog/215/abiturientlar-uchun-eslatma-2023
https://www.fjsti.uz/detail/klinik-ordinatura-rezidenturaga-qabul-boshlandi-2023?menu_id=71
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab, joriy 2023 yilning 20 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul tanlangan mutaxassislikga mos ravishda tegishli bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtixonlari ikki bosqichda (og‘zaki va test sinovlari) amalga oshiriladi.
1 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha og‘zaki sinovlari;
2 bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha test sinovlari.
MUHIM ESLATMA: Mutaxassislikga mos fanlar bo‘yicha test sinovlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan olinadi.
2023-2024 O'quv yillar uchun klinik ordinatura yo'nalishlar bo’yicha o'rinlar taqsimoti