Кlinik ordinatura qabul-2022
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2022/2023 o`quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul e`lon qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to`g`risida’gi PQ-279-son qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi 2022 yil 15 iyundagi “2022/2023" o`quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida” gi F-60-son farmoyishlari ijrosini ta’minlash, shuningdek tibbiyotning dolzarb yo`nalishlari bo`yicha, Ilovada keltirilgan va ajratilgan tibbiyot mutaxassisliklari bo`yicha qabul jarayonlari olib boriladi. Kirish imtixonlari og`zaki va test sinovlari shaklida o`tkaziladi. Klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo`nalishlari bo`yicha imtixonlar natijalari sinovlar o`tkazilganidan keyin uch kun muddatda ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Sog`liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi xamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti 2022/2023- o`quv yili uchun Ordinatura (Rezidentura) ga nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish institutning rasmiy veb sayt sahifalarida quyidagi manzil platformasi orqali qabul qilinadi.
Hujjat yuborish elektron platforma manzili https://forms.gle/3phtFcjm8swaKzTy5
Batafsil ma`lumot uchun https://fjsti.uz/blog/215/hujjat-turlari