Klinik ordinatura imtixon kuni e`lon qilindi
FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI KLINIK ORDINATURAGA (REZIDENTURA)GA KIRISH IMTIXON KUNINI E’LON QILADI.
2022/2023 o’quv yili uchun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (Rezidenturasi)ga o’qishga kirish uchun test sinovlari o’tkaziladigan kun vaqtlari belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligining 2022 – yil 18-iyuldagi 200-sonli buyrug’iga asosan, klinik ordinaturaga kirish imtihonlari bir bosqichda: Test sinovlari bo’yicha o’tkaziladi. Kirish imtihonlarining test jarayoni – 2022/2023 o’quv yili uchun Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining klinik ordinaturasi (Rezidentura) ga o’qishga kirish uchun test sinovlari 2022-yil 26 - avgust (juma) kuni o’tkaziladi. Kirish imtixonlari test jarayonlarida qatnashish uchun abiturient fuqarolik pasporti yoki shaxsiy guvohnomaning asl nusxasi hamda qabul komissiyasiga abiturient tomonidan yuborilgan arizaning asl nusxasi bo’lishi kerak.
Kirish imtixoni o’tkaziladigan joy: Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Axborot telekommunikatsiya - texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan 2-o’quv binosi Farg`ona shaxar, Ozodlik ko`chasi 1-uy (9-baza) majlislar zalida o’tkaziladi.
Test imtixoni topshirish manzili: https://goo.gl/maps/haCMHvq6mkas8hgH9
ESLATMA! Abiturientlardan kirish test imtihonlarini topshirishda sanitariya -epidemiologiya qoidalariga va ijtimoiy masofaga rioya qilishlari talab etiladi.
OGOHLANTIRISH! Agar begona narsalar va aksessuarlar (telefon, elektron soat, kalkulyator, har qanday turdagi axborot manbalari, shuningdek pul va boshqa) narsalar topilgan taqdirda abiturient tegishli dalolatnoma tuzgan holda imtihon topshirishga ruxsat etilmaydi.
MUHIM! Klinik ordinatura uchun tanlovda ishtirok etish uchun abiturient kirish test imtihonlarida ishtirok etishi shart. Agar abiturient test jarayonlarida ishtirok etmasa, test jarayonlaridan chetlashtiriladi.
Mutaxassislik bo’yicha kirish imtihonlarini topshirish vaqti (soat)lari ajratilgan guruhlar to’g’risidagi ma’lumotlar institutning rasmiy veb-sayti hamda telegramm kanalida qo’shimcha ravishda e’lon qilinadi.
Test imtixonitopshirish manzili: Google map