Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Klinik ordinatura-2024

2024/2025 o'quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘gkrisida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi "ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364 qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘l xarita"ning 40-bandidagi "Klinik ordinaturada mutaxassis tayyorlash tizimini takomillashtirish" bo‘yicha belgilangan vazifalarga muvofiq.2024/2025 o'quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul e‘lon qilindi.

2024/2025 o‘quv yili qabulida:
klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga o‘qishga qabul qilish tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ulaming filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tanlangan mutaxassislikka mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo'nalishlari fanlari negizida kirish sinov imtihonlari amalga oshiriladi, bunda fanlar bo'yieha kirish imtihonlari test sinovlari shaklida o'tkaziladi; klinik ordinatura mutaxassisligiga mos ravishda tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo'yieha imtihonlar natijalari sinovlar o'tkaz.ilganidan keyin uch kun muddatda ta’lim muassasasi tomonidan idoralararo elektron axborot almashinuv tizimi orqali Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etiladi hamda mazkur muassasaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

2024/2025 o'quv yili qabulida hujjat topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ro'yxatdan o'tish jarayoni bevosita va onlayn tarzda -institutning rasmiy veb-saytlari orqali amalga oshiriladi;
klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabul qilishni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari kesimida klinik ordinatura (rezidentura)ga umumiy va maqsadli qabul rejasi.



Hujjat topshirish manzili >>> HUJJAT TOPSHIRISH