Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Jadid bobolar – Millat ko'zgusi

Bu millat oydinlari tarixini, hayoti va faoliyatini oʻrganganimiz sari ular barhayot boʻlaveradi, yuraklarimizni bir chetini tirnayotgan armonlar qayta gavdalanadi.Har bir davrda va millatning har bir farzandi ruhida boqiy yashab kelayotgan, Vatanning mustabidlar zulmidan ozod boʻlishini, elga erk, hurriyat istagan xalqimizning qalbi uygʻoq farzandlari boʻlmish jadidlar hamisha fikru yodimizni egallaydi. Bu millat oydinlari tarixini, hayoti va faoliyatini oʻrganganimiz sari ular barhayot boʻlaveradi, yuraklarimizni bir chetini tirnayotgan armonlar qayta gavdalanadi. Koʻz oʻngimizda turgan haqiqat goʻyoki ularni qaytarib olish mumkindek katta umidlar beradi.Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti tomonidan "Jadidlar — millat ko'zgusi!" mavzusida adabiy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirda fakultet xodimlari, ma'naviyat-ma'rifat bo'limi mas'ullari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalarimiz jadid bobolarimiz qiyofasida sahna ko'rinishlari namoyish etdi, ularning purmaʼno so'zlaridan iqtiboslar keltirdilar.