Institutning ijtimoiy- tibbiy gazetasi chop etildi
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasi chop etildi. Institutning ijtimoiy-tibbiy gazetasi institut tarixiga yangi sahifa sifatida kiritiladi. Institut tashkil etilganiga bir yil tol`masdan, oliy ta`lim muassasida juda ko`plab ilmiy innovatsion ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ijtimoiy-tibbiy gazeta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 06 sentabr 2021 yil №12-132 raqam bilan ro`yxatga olingan. Institutning ijtimoiy-tibbiy gazetasining birinchi chop etilgan soni talaba-yoshlarga, professor-o`qituvchilarga va boshqa obunachilarga taqdim etildi. gazeta har oyda bir marotaba nashrda chop qilinadi. Institut gazetasi "Jamoat salomatligi" nomi ostida barcha mushtariylarga yetkazili boriladi. Gazeta zamonaviy formatda, har bir maqola o`ziga xos rangli tasvirlar bilan to`ldirilgan. Gazetada sog`lom-turmush tarzini rivojlantirish masalalari muammolariga bag`ishlangan maqolalarni keng yoritish maqsad qilib qo`yilgan. Gazetani har bir sonini institutning ushu veb sayti orqali ham o`qib borishingiz va elektron tarzda yuklab olishingiz mumkin.