Institut professorlarimiz maktabalrda
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti о‘quv bо‘limi vakili va “О‘zbek tili, xorijiy tillar va pedagogika” kafedrasi о‘qituvchilari tomonidan Qо‘shtepa tumanidagi 40-о‘rta maktabda о‘tkazilgan seminar - trening o`tkazildi.
FJSTI О‘quv - uslubiy bо‘limining Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.I. Shokirova “О‘zbek tili, xorijiy tillar va pedagogika” kafedrasi katta О‘qituvchisi U.E. Axmedova, M.M. G‘aniyev, maktab direktori SH.A. Sultonova, maktab о‘quv ishlari bо‘yicha mas’uli M. Rо‘ziboyeva, о‘qituvchilar va bitiruvchi sinf о‘quvchilari bilan davra suxbati o`tkazildi. Seminar - treningni 40- maktab direktori SH.A. Sultonova о‘z sо‘zi bilan ochib, xozirgi paytda tumandagi 22 va 40 - maktablar “qizil rо‘yxatga” tushganliklari, chunki bu maktablardan birorta о‘quvchi OTMlarga kirmaganligi, lekin 2021 yilda institut о‘qituvchilarining kо‘rsatgan amaliy yordamlari, targ‘ibot ishlari tufayli maktabning bir nechta о‘quvchilari OTM talabalari bо‘lishga musharraf bо‘ldilar. Keyingi sо‘z “О‘zbek tili, xorijiy tillar va pedagogika ” kafedrasi о‘qituvchisi M.M.G‘aniyevga berildi. Ustoz tomonidan 40- maktabdan OTMga kirgan talabalar, oliy о‘quv yiliga kirmaslik sabablarini aniqlash va о‘rganish, ularga amaliy yordam kо‘rsatish bо‘yicha turli tavsiyalar berildi. Ayniqsa, kirish testlariga puxta tayyorgarlik kо‘rish, tanlagan yо‘nalishlari bо‘yicha test о‘tkaziladigan fanlarga chuqurroq yondashish, fanlar bо‘yicha о‘qituvchilar darslarni yanada qiziqarli, kengaytirib о‘rgatish kerakligi ta’kidlandi. Baxorda institutda о‘zbek tili, tarix, ximiya, biologiya, xorijiy til va boshqa fánlap bо‘yicha fan olimpiadalari va “Ochiq eshiklar kuni” о‘tkazilishi rejalashtirilganligi aytib о‘tildi. Kafedraning katta о‘qituvchisi U.E. Axmedova sо‘zga chiqib, maktabda xorijiy tillarni, jumladan, о‘zbek va rus tillarini chuqurroq о‘qitish kerakligi, о‘quvchilarni xorijiy tillarni о‘qishiga kiziqtirish kerakligi xakida gapirdi. Maktabdagi о‘zbek, rus, ingliz tili fanlari о‘qituvchilari bilan tanishib, ular bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish taklifi berildi. Keyingi sо‘z navbati institut о‘quv bо‘limi Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.I. Shokirovaga berildi. U xam о‘z sо‘zida institutdagi shart- sharoitlar, о‘qish jarayoni, ilmiy ishlarni qay tarzda olib borish kerakligi hakida ma’lumotlar berdi. 7- sinfda о‘tkazilgan rus tili darsiga kirib taxlil qilindi. Lekin rus tili fani darsida о‘quvchilar passiv, о‘qituvchining kamchiliklari aniqlanib, dars taxlil qilib chikildi. Keyingi seminar - trening bitiruvchilarning ota- onalari bilan о‘tkazilishi rejalashtirildi.