Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Institut ijtimoiy tibbiy gazetasi

Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining "Ijtimoiy tibbiy" gazetasining 2023 yildagi 1-soni nashrdan chop etilib, institut Axborot resurs markaziga olib kelindi. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasini barcha nashrlari elektron formatda ham institut rasmiy web-saytiga yuklanib boriladi. Ushbu nashrlar orqali institut barcha tizimlardagi faoliyati, professor o'qituvchilarning ilmiy yutuqlari, innovatsion ishlanmalar, talabalar hayoti, ularning fan va ta'limdagi yutuqlari, bundan tashqari ilmiy maqolalar turli xil tibbiy maslaxatlar haqida ma'lumotlarni kuzatib borishingiz va kerakli mazmundagi ma'lumotlarni o'zingiz uchun kashf etishingiz mumkin.

 Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasi chop etildi. Institutning ijtimoiy-tibbiy gazetasi institut tarixiga yangi sahifa sifatida kiritiladi. Institut tashkil etilganiga bir yil tol`masdan, oliy ta`lim muassasida juda ko`plab ilmiy innovatsion ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ijtimoiy-tibbiy gazeta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg`ona viloyati hududiy  boshqarmasi tomonidan  06 sentabr 2021 yil №12-132 raqam  bilan ro`yxatga olingan. Gazeta zamonaviy formatda, har bir maqola o`ziga xos rangli tasvirlar bilan to`ldirilgan. Gazetada sog`lom-turmush tarzini rivojlantirish masalalari muammolariga bag`ishlangan maqolalarni keng yoritish maqsad qilib qo`yilgan. Gazetani har bir sonini institutning ushu veb sayti orqali ham o`qib borishingiz va elektron tarzda yuklab olishingiz mumkin.

https://fjsti.uz/blog/304/institut-ijtimoy-tibbiy-gazetasi