Institut gazetasi
Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining "Ijtimoiy tibbiy" gazetasining 2023 yildagi 2-soni nashrdan chop etilib, institut Axborot resurs markaziga olib kelindi. Institutning Axborot resurs markazi xodimalari tomonidan gaztaning bayram soni institu ilmiy kafedralari va institut talabalariga mutolaa qilish uchun tarqatildi. Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasini barcha nashrlari elektron formatda ham institut rasmiy web-saytiga yuklanib boriladi. Ushbu nashrlar orqali institut barcha tizimlaridagi ilmiy faoliyatlar, professor o'qituvchilarning ilmiy yutuqlari, innovatsion ishlanmalar, talabalar hayoti, ularning fan va ta'limdagi yutuqlari, bundan tashqari ilmiy maqolalar turli xil tibbiy maslaxatlar haqida ma'lumotlarni kuzatib borishingiz va kerakli mazmundagi ma'lumotlarni o'zingiz uchun kashf etishingiz mumkin.
Ma‘lumot uchun Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ijtimoiy-tibbiy gazetasi, institut tarixiga yangi sahifa sifatida kiritiladi. Institut tashkil etilganiga bir yil tol`masdan, oliy ta`lim muassasida juda ko`plab ilmiy innovatsion ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu ijtimoiy-tibbiy gazeta O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg`ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 06 sentabr 2021 yil №12-132 raqam bilan ro`yxatga olingan. Gazeta zamonaviy formatda, har bir maqola o`ziga xos rangli tasvirlar bilan to`ldirilgan. Gazetada sog`lom-turmush tarzini rivojlantirish masalalari muammolariga bag`ishlangan maqolalarni keng yoritish maqsad qilib qo`yilgan. Gazetani har bir sonini institutning ushu veb sayti orqali ham o`qib borishingiz va elektron tarzda yuklab olishingiz mumkin.