Institut delegatsiyasi Hindistonga tashrif buyurdi
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida. Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti delegatsiyasi Hindistonga ilmiy tashrif bilan bordi. Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti huzurida Gruguram universitetining farmatsevtika fakultetini ochish bo‘yicha memorandum va shartnoma imzolandi. Institut delegatsiyasining, Hindiston davaltida juda iliq kutib olinganini alohida ta’kidlash joiz. Hindistonning mehmondo‘stligi - O‘zbekistonimizni mexmondo`stligini eslatib yuborishi insonni zavqalantirib yubordi.
Delegatsiya tashrifi vaqtida judda muhim xujjatlar rasmiylashtirildi. Xorijiy talabalarni sarmoya kiritish va jalb etish maqsadida Hindiston poytaxti – Dehli shahrida institut vakolatxonasini ochish baxtiga muyassar bo‘ldik. Endi xorijlik abituriyentlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ofisda javob olishlari, hujjatlarni dastlabki tekshiruvdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.Asta-sekin mashhur bo‘lib bormoqdamiz.