Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Inson qadri-qimmati muqaddasdir

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot  instituti  rektori, professor  A.Sidikov, Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Soliyev, Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova, institutning matbuot markazi xodimi Sh.Normuxammedovlar bilan birgalikda 2023 yil  31 oktyabr kuni Farg‘ona shahridagi imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida tahsil oluvchi o‘quvchi-yoshlar bilan suhbatlashish, ularni ruhan qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor ko‘rsatish va rag‘batlantirish maqsadida tashrif buyurdilar.

Tashrif jarayonida kasb-hunar maktabi o‘quvchi-yoshlari bilan ularning kelajakdagi orzulari, bugungi kunda ta’lim olish jarayoni va ularning o‘zaro munosabatlari hamda ta’lim muassasasiga metodik ko‘maklashish to‘g‘risida professor A.Sidikov va ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Soliyevlar suhbatlashdilar. O‘z o‘rnida o‘quvchi-yoshlar bilimlarini mustahkamlash va o‘z orzu-istaklari  bilan o‘rtoqlashdilar. Tashrif so‘nggida esa institut tomonidan o‘quvchilar turar joyiga yotoq choyshablari (300 ta komplekt) uchun moddiy yordam ko‘rsatildi.