Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi
Bugungi kunda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutiga biriktirilgan viloyatning tibbiyot texnikumlarida hamda kasb-hunar maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilarning tibbiy bilimlarini oshirish va mustahkamlash, shuningdek, pedagog-kadrlarga metodik yordam berish maqsadida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim daturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-oktabrdagi 158-farmoni hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori A.A.Sidikovning 2024-yil 2-noyabrdagi 01-I-318-sonli buyrug‘iga asosan Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova va “Nevrologiya va psixiatriya” kafedra mudiri A.R.Muradimova, kafedra assistentlari S.Saydaliyev, U.X.Ermatov va M.P.Umarovalar ishtirokida Farg‘ona shahar imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida institutimizda nogironligi mavjud talabalarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. O‘tkazilgan suhbatda institut vakillari kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilariga mavzuni keng yoritib berdilar. O‘quvchilar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
Suhbat so‘ngida, Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko‘rsatish sektori bosh mutaxassisi N.Shokirova o‘quvchilarga institutda mavjud fakultetlar, yo‘nalish va mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.