Ilmiy seminar
Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Stomatologiya va otorinolaringologiya kafedrasi tomonidan “Implantatsiya asoslari va navigatsion jarrohlik” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbir institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, t.f.n. U. Boltaboyev tomonidan ochib berildi. O‘z nutqida u implantatsiya va navigatsion jarrohlikning zamonaviy stomatologiya amaliyotidagi dolzarbligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Seminarda Stomatologiya va otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, PhD Umarov Odiljon Maxmudovich hamda kafedra assistenti G‘ofurov Azizbek Bahodirjon o‘g‘li tomonidan zamonaviy implantatsiya texnologiyalarining nazariy asoslari, ularning klinik amaliyotdagi qo‘llanilishi, shuningdek, navigatsion jarrohlik yondashuvlari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi.
Tadbir doirasida seminar ishtirokchilari — talaba va mutaxassislar uchun interaktiv amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Ushbu mashg‘ulotlar davomida zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish, diagnostika va operativ manipulyatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalar shakllantirildi.