Ilmiy kengash
2023-yildagi navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi bo'lib o'tdi Ilmiy kengash yigʻilishini institut rektori, professor Akmal Sidikov ochib berdi. A.Sidikov barcha xodimlarimiz va yigʻilish ishtirokchilarini kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy qutladi. Shundan so'ng, yig'ilish kun tartibiga qo'yilgan muhim masalalarga toʻxtalib, institutning kelgusidagi aniq vazifa va maqsadlari xususida nutq irod etdi. Dastlab, O'quv ishlari bo'yicha prorektor U.Boltaboyev taqdimot orqali 2023-yilda bajarilgan ishlarga to'xtaldi. Kelgusi yilda ham o'quv jarayonlarini samarali tashkillash, xorijlik o'qituvchilar sonini 25 nafarga yetkazish, kafedralar kesimida o'quv online platformasini yo'lga qo'yish bo'yicha fikr bildirdi. Shundan soʻng, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor M.Kadirova kelgusida ham ilmiy salohiyatni jadallashtirish, SCOPUS bazasida o'qituvchilarimiz maqolalarini ko'paytirish, xo'jalik shartnomalarini oshirish, turli darsliklar, o'quv adabiyotlari sonini 100 taga yetkazish, Xalqaro reytingda ishtirok etishni davom ettirish borasida nutq so'zladi.
Ilmiy kengash yakunida esa institutimizning bir qator xodimlari tantanali taqdirlandi. Jumladan, xodimlarimiz U.Boltaboyev, O'.Ahmedova, O.To'ychiyevalarga dontsent ilmiy unvoni va rektor tomonidan ajoyib sovgʻalar taqdim etildi. Shuningdek, 60 yoshni qarshilagan birinchi prorektor Ulugʻbek Saliyev hamda 70 yoshga to'lgan jonkuyar ustoz Qodirqul Ro'zimatzodaga professor Akmal Sidikov maxsus sovgʻalar topshirdi. 


Русский
English