Ilmiy kengash axborotnomasi
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida yil yakuniga bagʻishlangan Ilmiy kengash yigʻilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishni institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Munira Kadirova ochdi.
Yigʻilish davomida professor Kadirova 2025-yil bilan hamma professor-o‘qituvchilar va xodimlarni tabriklab, o‘tgan yilda erishilgan yutuqlarni ulug‘ladi va institutning ilmiy va akademik rivojlanishidagi muhim natijalarni ta’kidladi. U kelasi yil uchun ilmiy va taʼlimiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga e’tibor qaratdi, jumladan:
- Ilm-fan sohasida davlat tashkilotlarida ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi;
- 2024-yil natijalariga tahlil;
- Kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash.
Keyinchalik, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari, PhD, dotsent A. Muradimova so‘zga chiqdi. U Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi qarori asosida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Dotsent Muradimova 2024-yilda ilmiy darajaga ega xodimlar sonining oshgani va ularning taʼlim jarayonidagi samarasini ta’kidladi. Rag‘batlantirish choralarining natijalari xodimlarning ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirdi, bu esa institutning salohiyatini mustahkamlashga yordam beryapti.
Yig‘ilishda 2024-yilda erishilgan ilmiy yutuqlar va xalqaro hamkorlik natijalari ham tahlil qilindi. Institut professor-o‘qituvchilari xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar sonining ortishi va xalqaro grant dasturlaridagi ishtirok ko‘rsatkichlari ijobiy baholandi.
2025-yilga oid strategik vazifalar belgilandi, jumladan: ilmiy loyihalarni kengaytirish va xalqaro grantlarni jalb qilish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish, taʼlim jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Kengash yakunida professor Kadirova barcha qatnashchilarga minnatdorchilik bildirib, yangi yil institut uchun yangi imkoniyatlar olib kelishiga ishonch bildirdi.