Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Ilmiy kengash

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, kafedra mudirlari va ilmiy xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishda institutning ilmiy va ta’limiy faoliyati, innovatsion loyihalar, kafedralar faoliyati hamda talabalar ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Ilmiy kengash yig‘ilishi avvalida institut rektori, professor Akmal Sidikov so‘zga chiqib, oliygoh jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar, ta’lim sifati va ilmiy izlanishlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr bildirdi. 

Shuningdek, institut kasaba uyushmasi raisi, professor Sodiqjon Madaminov bilan birgalikda yaqinda 65 yoshni qarshilagan professor G‘ayrat Nabiyevichni tantanali tabriklab, uning ilmiy va pedagogik faoliyatiga yuqori baho berdilar. Tadbir davomida professor G‘ayrat Nabiyevichga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar rasmiy guvohnomalar bilan taqdirlandilar. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor Munira Kadirova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Yorqinoy Nazarova Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomalari bilan mukofotlandilar.