Ilmiy kengash
Navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi bo'lib o'tdi Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutida navbatdagi Ilmiy kengash yigʻilishi o'tkazildi. Dastlab, institut rektori, professor Akmal Sidikov barchaga yangidan barpo etilgan o'quv binosi muborak bo'lishini tiladi. A.Sidikov o'tgan davr mobaynida bajarilgan ishlar xususida to'xtalar ekan, uzoq yillar institutimizda samarali mehnat qilgan professor Muhammadjon Qoraboyev haqida so'z yuritdi. M.Qoraboyev nomini abadiylashtirish uchun u faoliyat yuritgan kafedraga professorning nomi berilishi kerakligini tavsiya qildi, Muhammadjon Qoraboyevning institutimizdagi mo'jazgina xonasini ushbu ustoz faoliyatiga oid muzeyga aylantirish g'oyasini ilgari surdi. Shuningdek, rektor o'z nutqi davomida yaqinda fan doktori ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo'lgan bir guruh institutimiz ustozlarini qutladi, ilmiy daraja olish uchun boshqalar ham matonat bilan xizmat qilishlari zarurligini aytib o'tdi va yana bir qator masalalarga to'xtaldi.
Yigʻilish kun tartibiga muvofiq Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi boshligʻi N.Komilov so'z oldi va oliygohimiz kafedralarining o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar faoliyati va professor-oʻqituvchilarning 2023-2024-o'quv yili birinchi yarmi davridagi reytingi haqida taqdimot orqali ma'lumot berdi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'z taklif hamda mulohazalarini bildirib o'tdi. Kafedralar faoliyati, ilmiy yo'nalishlarda bajarilishi kerak bo'lgan ishlar xususida institutimiz rahbariyati barchaga tegishli ko'rsatmalar berdi va ishtirokchilarning savollariga o'rinli javoblar taqdim etildi. Ilmiy kengash davomida Ovqatlanish, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi mudiri Muqaddasxon Ashurova, Anatomiya kafedrasi mudiri Sodiqjon Madaminovlar ham uzoq yillik faoliyatlari davomida institutimizda bunday katta o'zgarishlar bo'lishi ular uchun ham katta baxt ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.