Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Ilmiy anjuman

Fargʼona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ilk bor “Tibbiy taʼlim sohasidagi dolzarb masalalar, yutuqlar va innovatsiyalar” mavzusida  ilmiy-amaliy anjuman boʼlib oʼtdi. Аnjuman, institut “Talabalar kengashi” tomonidan tashkil etildi. Unda talabalar bilan bir qatorda ixtisoslashgan professor-oʼqituvchilar, ekspertlar va shifokorlar ham ishtirok etdilar.  Dastlab, institut rektori Sidikov Akmal Abdikaharovich ilmiy anjumanni ochib berdi va unda o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Shundan so'ng institutimizning yosh va malakali mutaxassislaridan biri Saidaziz Saidaliev o'z ma'ruzasi bilan ilmiy anjumanni boshlab berdi. Shuningdek, seminarni oʼtkazishda tibbiy taʼlim sohasidagi islohotlarni amalga tadbiq etish, bunda zamonaviy tehnologiyalardan unumli foydalanish, yetuk soha vakillarining eng yaxshi tajriba va amaliyotlarini oʼrtoqlashish,  bu orqali esa talabalarni boʼsh vaqtlarini unumli oʼtkazilishiga qaratilgan masalalar oʼrtaga tashlandi. Anjuman yakunida esa o'z ma'ruzlari bilan ishtirok etgan talablar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Tibbiyot taʼlimida innovatsiyalarni yoʼlga qoʼyilishida talabalarning ham faollar qatorida ishtirok etishi kelgusida boʼlajak shifokorlarning malakali kadr sifatida yetishib chiqishida muhim omil desak mubolagʼa boʼlmaydi.