Ilmiy-amaliy konferensiya
O‘zbekiston Respublikasi Dermatonkopatologlari, Dermatoskopistlari va Kosmetologlari Assotsiatsiyasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida Toshkent shahridagi “Interkontinental” mehmonxonasida ushbu sohaga bag‘ishlangan navbatdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur xalqaro anjuman Assotsiatsiya raisi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori, professor Akmal Sidikov raisligida tashkil etilgan.
Konferensiyada dermatologiya, dermatonkologiya va kosmetologiya sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. 20 ga yaqin xorijlik va mahalliy mutaxassislar tomonidan 300 nafarga yaqin ishtirokchilar uchun qiziqarli ma’ruzalar va ilmiy-amaliy ma’lumotlar taqdim etilmoqda.