Virtual qabulxona

+99873243-06-62

info@jcpmfjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

ibn Sino texnikumlari bilan uchrashuv

   2022 yil 4 mart kuni Farg`ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Abu Ali ibn Sino texnikumlari ishtirokida davra uchrashuvi bo`lib o`tdi. Davra uchrashuvida texnikumlar bilan tasdiqlangan yo`l xaritasi va texnikumlar bilan bog`liq bo`lgan masalalar ko`rib chiqildi. Shuni ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki 2022 yil institutga biriktirilgan texnikumlarga yordam ko’rsatish yo’l xaritasi ishlab chiqildi va rektor tomonidan tasdiqlandi. Beshariq Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Akbarova Nigora Narimmatovna. 2021/2022 o’quv yiliga 1-kursga qabul qilingan talabalar soni 441 tani tashkil etdi. Umumiy talabalar soni 816 taga yetdi. Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Inomov Qodirxon Saidmatovich. 2021/2022 o’quv yiliga 1-kursga qabul qilingan talabalar soni 459 tani tashkil etdi. Umumiy talabalar soni 959 taga yetdi. Norin Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Qodirov Muxiddin Zuxriddinovich. 2021/2022 o’quv yiliga 1-kursga qabul qilingan talabalar soni 281 tani tashkil etdi. Umumiy talabalar soni 656 taga yetdi. Marg’ilon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori Mamurov Saida’loxon Abdurasulovich. 2021/2022 o’quv yiliga 1-kursga qabul qilingan talabalar soni 908 ta bundan (1 nafari xorijiy talaba) ni tashkil etdi. Umumiy talabalar soni 1888 taga yetdi. 2021 yil sentyabr oyida barcha texnikumlar mutaxassislik kafedralarga biriktirilib rektor tomonidan tasdiqlandi. Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi, hamda barcha kafedra mudirlari bilan birgalikda texnikumlarda turli dolzarb mavzularda seminar treninglar, ilmiy anjumanlar va tadbirlar tashkil qilish rejalari ishlab chiqildi va tasdiqlanganligini aytish mumkin.

   Ushbu reja asosida Beshariq   Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga 2021 yil 14 sentyabrь kuni “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o’tkazilgan bayram  tadbirida akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi ishtirok etildi va u yerdagi muammo, kamchiliklar o’rganib chiqildi.Kosonsoy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga 2021 yil 11 noyabrda “Aziz maskanim 40 yoshing muborak” shiori ostida o’tkazilgan texnikumning 40 yillik yubiley tantanasida akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi,   “Kommunal va mexnat gigienasi” kafedrasi xodimlari bilan birgalikda ishtirok etildi. Hamda texnikumdagi barcha jarayonlar bilan tanishib chiqildi.