Virtual qabulxona

+998 95 044-23-45 +998 95 048-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

IAAR xalqaro akkreditatsiya jarayoni

Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida xalqaro akkreditatsiya jarayoni doirasida faoliyat olib borayotgan IAAR — Independent Agency for Accreditation and Rating (Akkreditatsiya va reytingning mustaqil agentligi) ekspertlar guruhi tomonidan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirlar doirasida ekspertlar institut talabalari, bitiruvchilari hamda mehnat bozoridagi ish beruvchilar bilan samarali muloqot olib bordilar.

Suhbatlar davomida xalqaro ekspertlar institutdagi ta’lim sifati, o‘quv jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyalashuvi, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi va ularning ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, ish beruvchilarning bitiruvchilar haqidagi fikrlari, ularning amaliy ko‘nikmalari va kasbiy kompetensiyalariga berilgan baholari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvlar ochiq, samimiy va konstruktiv muhitda o‘tdi. Ishtirokchilar institutda yaratilgan moddiy-texnik baza, o‘qituvchilar salohiyati, o‘quv jarayonini takomillashtirish va xalqaro standartlarga moslashtirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida ekspertlar ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish, xalqaro e’tirofga ega bo‘lish hamda institutning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘nalishida bir qator taklif va tavsiyalar berdilar. Ushbu muloqotlar xalqaro akkreditatsiya jarayonida institutning ochiqligi, shaffofligi va sifatli ta’limga sodiqligini yana bir bor namoyon etdi.