Virtual qabulxona

+99873243-06-62

fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Horijiy talabalar ishtirokidagi tadbirlar

"O‘rik gullaganda" yoshlar ijodiyot festivalida xorijlik talabalarimiz ham ishtirok etdi O‘zbekiston tumanining O'qchi qishlogʻida ilk bor "O‘rik gullaganda" yoshlar ijodiyot festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda institutimiz xodimlari boshchiligida bir guruh Xalqaro fakultetimiz talabalari ishtirok etdi. Milliy qadriyatlarimizni mustahkamlash va urf-odatlarimizni targ‘ib qilishga qaratilgan festival xalq sayllariga ulandi. Unda yoshlarning ijod namunalari, turli tomoshalar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar, milliy o‘yinlar, badiiy jamoalarning chiqishlari, tanlov hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Festival davomida xorijlik talabalarimiz o'zbek milliy qadriyatlariga bevosita guvoh bo'lib, milliy o'yinlarimizda ishtirok etdi.