Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Hamkorlik aloqalari

Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti va Germaniyaning Mangeym universiteti klinikasi o‘rtasida hamkorlik bitimlari imzolandi. Farg‘oan jamoat salomatligi tibbiyot instituti Germaniyaning Mannheim universiteti kasalxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. 2022-2023 yillar davomida Germaniyaning moliya direktori Freddi Bergmann institutimizga rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrif davomida, ikki tomonlama tibbiyot ta‘limini bog‘lash va tibbiy ta‘limni ikki tomonlama rivojlantirish dasturlari amalga oshirildi. Kecha bo‘lib o‘tgan hamkorlik doirasida, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Germaniya davlati bilan 2+1 ta‘lim dasturi memorandumi va rasmiy hujjatlar imzolandi. Tibbiy ta‘lim dasturiga ko‘ra: hamshiralarni tayyorlash bo'yicha Qo'shma ta'lim dasturi bo‘yicha har ikki tomonlama shartnoma imzolandi, unda Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi talabalari tibbiyot institutida 2 yil va oxirgi bir yilini Germaniyada davom ettiradilar.  Ta‘lim jarayoni yakunida har ikki oliy ta‘lim tomonidan 2 ta diplomga ega bo‘ladilar. Bu talabalarimiz uchun Germaniyaga borib o'qishi va bilim darajasini yanada oshirishlari uchun judda katta imkoniyatlar yaratib beradi.  Shuningdek hamkorlik uchrashuvi davomida, Janob Freddi Bergmanning institutimizga qo‘shgan katta hissasi uchun Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Ilmiy kengash qarori bilan unga “Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti faxriy doktori” unvoni berildi.