Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi, G.N.Gabrichevskiy nomidagi Moskva epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hamda inson farovonligini nazorat qilish Federal xizmatining "Yuqumli kasalliklar — gastroenterologiya, pulmonologiyaning fanlararo masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tadi. Konferensiyada Sog'liqni saqlash vazirligi mutaxassislari, respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti, OITSga qarshi kurashish Respublika markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti hamda ularning viloyat filiallari xodimlari, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Respublika va hududiy markazlari mutaxassislari (MTSEN), ilmiy tibbiyot markazlari, poytaxt va viloyat yuqumli kasalliklar klinikalari shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Bundan tashqari ushbu yirik konferensiya doirasida Rossiya, Belarusiya, Qirg'iziston, Qozog'istonning yetuk olimlari ma'ruza qiladilar.