Virtual qabulxona

+998 95 202-23-45 +998 95 302-23-45

info@fjsti.uz fmioz@mail.ru

ish vaqti:

Dush-Shan,9:00-17:00

Yangiliklar

Bosh sahifa

Yangiliklar

Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida "Yuqumli kasalliklar — gastroenterologiya, pulmonologiyaning fanlararo masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boshlandi. Dastlab, anjumanda Tibbiyot fanlari doktori, professor Atabekov Nurmat Satiniyazovich nutq so'zlab, institutimiz haqida qisqacha to'xtalib o'tdi va anjuman doirasida kutilayotgan rejalar haqida gapirdi. Shundan so'ng, institutimiz rektori, professor Akmal Sidikov oliygohimizga tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, konferensiyadan ko'zlangan maqasad va vazifalar xususida so'z yuritdi. Konferensiya ishtirokchilariga Fargʻona vodiysi hamda ta'lim muassasamizning videolavhasi namoyish etildi. 

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida "Yuqumli kasalliklar — gastroenterologiya, pulmonologiyaning fanlararo masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi davom etmoqda. Anjumanda mavzu oid bo'lgan ma'ruzalar bilan bir guruh olimlar, xorijlik professorlar qatnashmoqda. Ishtirokchilar tibbiyotga oid bo'lgan bilimlarini mustahkamlash barobarida o'zaro tajriba almashmoqda. Konferensiyada mavzuga oid bo'lgan ma'ruzalar bilan bir guruh olimlar, xorijlik professorlar ishtirok etmoqda. Qolaversa, online videolavhalar orqali tibbiyot mutaxassislari o'zlarining taqdimotlarini ishtirokchilar bilan o'rtoqlashmoqadalar. Ishtirokchilar tibbiyotga oid bo'lgan bilimlarini mustahkamlash barobarida, yuqumli kasalliklarning so'ngi yillardagi davo choralari, gastroenterologiya va pulmonologiya bo'yicha muhim masalalarni muhokama etishmoqda.